Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy jarayon qonuni-yatlarini o’rganadigan fan.
ADABIYOTSHUNOSLIK badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o’ziga xos
xususiyatlari, paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy
jarayon qonuni-yatlarini o’rganadigan fan. U bir-biri b-n uzviy boғliq bo’lgan Z
bo’limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o’z ichiga oladi.
ADABIYOTShUNOSLIKning ildizi maqol, qo’shiq, doston singari xalq oғzaki
ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas,
Mahmud Koshғariyning «Devonu luғotit turk» asaridan joy olgan matallarga,
badiiy so’z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o’sha davr adabiy janrlari
haqidagi fikrlar adabiyotshunoslikning olis tarixidagi ko’rinishidir.
ADABIYOTShUNOSLIK ilmiga oid teran qarashlar Forobiining «She’r san’ati...»
kitobida mufassal bayon qilingan (10- Adabiyotshunoslik).