«Xorshunoslik»- fani bo`yicha tayyorlangan ma`ruzalar matni Namangan Davlat Universiteti musiqa yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Bo`lajak bakalavrlarni tayyorlashdagi asosiy ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri hisoblanadi. Unda bo`lg`usi musiqaviy madaniyat o`qituvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi belgilab berilgan.
Ma`ruzalar matni ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o`qituvchiga qo`yilayotgan talablar, boy ma`naviy, madaniy va musiqiy merosimizga yangicha yondoshuvlarni hisobga olib tuzildi.