Tadqiqot ishining dolzarbligi. Ta`lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda u asosiy o`rinni egallaydi. Ta`lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolarni hal etishda mislsiz ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun yurtimiz mustaqillikka erishgach turli sohalarda bo`lgani kabi ta`lim tizimida ham tub islohotlar o`tkazish asosiy maqsad qilib qo`yildi. Zero, barkamol, bilimli, so`lom avlod kelagakning poydevori bo`lib hisoblanadi. Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.