E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur ma’ruza matni ta’lim to’g’risida»gi qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ko’zda tutilgan vazifalar asosida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tiborga olib hamda «Optika va atom yadro fizikasi» fanidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv dasturiga asosan yozilgan. Ma’ruza matnida o’quv materiallarining ketma-ketligi, hajmi, bayon etilishi, nazariy jihatdan chuqurligi va amaliy tomondan talabalar tanlagan mutaxassisliklari doirasida egallashlari lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar hisobga olingan.
Talabalarning tushunishlari, o’zlashtirishlari oson bo’lishi va ma’ruza matnning samaradorligi yuqori bo’lishi uchun jadvallar, ko’plab tasviriy vositalar (sxemalar, rasmlar) ga keng o’rin berilgan. Ma’ruza matni to’qqiz bobdan iborat bo’lib, ayni paytgacha mavjud bo’lgan turdosh darsliklardan farqli ravishda har bir bobdan keyin mavzularga doir masalalar yechish namunalari keltirilgan hamda fanlararo va Oliy ta’limning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limlari orasidagi bog’lanishga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan.
Ma’ruza matni, asosan Oliy ta’limning «Fizika-astronomiya» va “Matematika-informatika” yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, texnik va tabiiy yo’nalish talabalari uchun ham muhimdir.