Oliy va o`rta maxsus ta`lim o`quv yurtlari o`quv rejasiga muvofiq jismoniy madaniyat fakulteti talabalari bilan jismoniy tarbiya nazariyasi fanidan o`quv mashg` ulotlari olib boriladi. O`quv mashg`ulotlari ma`ruzalar, seminarlar va amaliy mashg`ulotlar shaklida o`tkaziladi. Talabalar o`zlashtirayotgan bilimlari kollokviumlar, yozma va og`zaki testlar, yozma ishlari yordamida nazorat qilib boriladi. Shuningdek o`quv kursi bo`yicha talabalar kurs ishi va qo`l yozma ishlari bajaradilar. Sirtqi bo`lim talabalari esa nazorat ishi topshiradilar.