Tabiat mahsuli bo`lgan kishilik jamiyati u bilan uzviy aloqada bo`lib, unga muntazam ta’sir etib turadi. Tabiat va uning boyliklari insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiruvchi manba sifatida xizmat qiladi. Aynan shu tabiiy resurslardan foydalanish borasida atrof-muhit ifloslanishi ko`proq sodir bo`lmoqda. Shuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyotini yanada orta borishi bilan u kengaymoqda. Ularni tirik organizmga, jumladan jamiyatga ta’sirini, atrof-muhitni qay holatda ekanligi, uning muhofaza qilish chora-tadbirlarini o`rganadigan fan ekologiyadir.