Yevropa tilshunoslari tomonidan tuzilagan grammatik qo`llanmalarda fors tilida so`z turkumlarini ajratish muammolariga deyarli e’tibor berilmay kelinardi. Mualliflar Evropa tillari uchun ishlab chiqilgan so`z turkumalari tizimi fors tiliga unchalik to`g`ri kelmasligini hisobga olmasdilar.K.G.Zaleman va V.A.Jukovskiy, Mirza–Ja’far, D.S.Fillot va boshqalar kabi eng yaxshi dasturnavislar so`z turkumlarini ot, sifat, olmosh, son, ravish, fe’l va yordamchi turkumlarga ajratuvchi eski tizim chegarisida ish ko`rganlar. Sovet davrida tuzilgan grammatik qo`llanmalarda ham xuddi shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. Fors tilining so`z turkumlariga ajralishdagi o`ziga xos xususiyatlariga birinchi bo`lib L.I.Jirkov o`z e’tiborini qaratdi. L.I.Jirkov o`zining fors tili grammatikasida fors tilida juda katta miqdordagi so`zlar ot va sifat turkumlari, sifat va ravish turkumlari oralig`ida joylashganini qayd etadi