Ma’lumki, to’g’ri chiziq nuqtalarining o’rni bitta son ya’ni uning koordinatasi bilan to’la aniqlanadi. Tekislik nuqtalarining o’rni bir juft sonlar bilan aniqlanishini ko’rsatamiz. Faraz qilaylik tekislikda 0 nuqtada kesishuvchi, bir xil o’lchov birligiga ega va o’zaro perpendikulyar 0x, 0y o’qlar berilgan bo’lsin (ular tekislikda dekart sistemasini tashkil etadi). 0x va 0y o’qlar joylashgan tekislik koordinatalar tekisligi deb aytiladi va 0xy kabi belgilanadi