XXI asrga kelib kasalliklarni davolashda qo`llaniladigan dorivor preparatlar ko`proq tabiatda uchraydigan biologik faol moddalarga xos tuzilishlariga ega bo`lmoqda, chunki ular sun`iy preparatlarga qaraganda organizmga qo`shimcha ta`sirlarga ega bo`lmaydi. Bugungi kunda dorivor o`simliklar dori-darmon sifatida yurtimizning ulkan xazinasidir. Yurtimiz xududlarida 4448 o`simlik turi o`sib, ulardan 577 turi shifobaxsh xisoblanadi.