Ushbu ma’ruzalar matnida kichik biznesni boshqarish kursining predmeti va
vazifalari, kichik biznes boshqaruvida kichik korxonalarning xususiyatlari, kichik
biznesning tashkiliy-iqtisodiy asoslari, kichik biznes boshqaruvida tadbirkorlik
faoliyati, kichik biznes tizimida menejment, kichik biznes boshqaruvida qarorlarni
ishlab chiqish hususiyatlari, kichik biznes boshqaruvida motivlashtirish
hususiyatlari, kichik biznesni boshqarishda liderlik qobiliyatining shakllanishi,
kichik biznes boshqaruvida bank, soliq va audit bilan aloqalari, kichik biznesning
moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlashni boshqarish, kichik biznes
boshqaruvida kadrlar siyosati, kichik biznes boshqaruvida axborot
kommunikatsiyasi, kichik biznes boshqaruvda bozor va raqobat, kichik biznes
boshqaruvida biznes reja va uning o`rni kabi dolzarb muammolar batafsil bayon
etilgan.
Ushbu ma’ruzalar matni “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Turizm menejmenti”
“Turizm marketingi” va “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish” ta’lim
yo`nalishlari bakalavr talabalari uchun mo`ljallangan.