O`quvchilar "Musiqa madaniyati" faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma
va malakalarni egallashlari shart:
- har bir mahalliy uslubda o`ziga xos ijrochilik uslublari va cholg`u
asboblarini bilish;
- Farg`ona - Toshkent; Samarqand - Buxoro, Surxondaryo -
Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa
janrlari (doston, katta ashula, yallachilik) ni bilish;
- maqom haqida tushuncha, o`zbek maqomlari va ularni asosiy
turkumlari, Shashmaqom, uning cholg`u ashula yo`llari, Farg`ona -
Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg`u va aytish yo`llarini
bilish;
- O`zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko`p tarmoqli va
mahalliy an`analarga ega ekanligi, ularning o`xshashligi va o`ziga xosligi,
mahalliy musiqiy an`analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va
kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo`lishini bilish;
- ikki ovozli qo`shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch
tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o`ta olish;
- kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o`zi va o`rtoqlari
ijro etgan qo`shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay
bilish;