Maktablarda o‘qituvchilar soni nechta?
    
     
    Maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilarning necha foizi oliy maʼlumotga ega?
 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 510 046 nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda.
  Jami oʻqituvchilarning 53,1 % i qishloq maktablarida va 46,9 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.
  Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami oʻqituvchilarning:
 — oʻrta maxsus maʼlumotlilar – 9,9 %
 — oliy maʼlumotlilar – 90,1 %
 Ma`lumot uchun, respublikamizda umumtaʼlim muassasalarida bitta oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:21