Oʻzbek tili — Afgʻonistonda ham rasmiy davlat tili!
Davlat tili kuni yaqinlashar ekan, xorijdagi oʻzbek vatandoshlarimizning ham ona tilimizga oʻzgacha mehri va talpinishini sezib ichimizdan gʻururlanamiz.
Bugun dunyoda 50 milliondan ortiq kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi.
Maʼlumki, yon qoʻshnimiz Afgʻoniston koʻp millatli davlat boʻlib, uning 33 millionli aholisi 14 ta milliy-etnik guruhlardan tarkib topgan. Eng katta milliy-etnik guruhlar sifatida pushtunlar (aholining 50 %i) tojiklar (23 %), oʻzbeklar (11 %) va xazoriylarni (10 %) sanab oʻtish mumkin.
Shu bois, oʻzbek tili Afgʻonistonda davlat tili deb rasman tan olingan. Bu toʻgʻrida 2004-yilda qabul qilingan “Asosiy Qonun”, yaʼni Afgʻoniston Konstitutsiyasida alohida qayd etilgan. Konstitutsiyaning 1-bobi 4- va 16-moddalarida Afgʻonistonning shimoliy viloyatlaridagi koʻp sonli oʻzbeklar yashaydigan mintaqalarda oʻzbek tili (dariy va pushtu tillari bilan bir qatorda) rasmiy davlat tili sifatida qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan.
Hozirda Afgʻonistonning 9 ta oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitilmoqda. Bundan tashqari, qator maktablarda oʻzbek tilida taʼlim berilmoqda. Ayrim telekanallar (“Oyna TV”, «Batur TV», “Milliy TV”, «Arzu TV»)da oʻzbek tilida koʻrsatuvlar uzatilmoqda. Gazeta va jurnallar ham oʻz faoliyatini boshladi. Bir qator shoir va yozuvchilar oʻzbek tilida samarali ijod qilmoqda
Termizda afgʻonistonlik yoshlar uchun ochilgan Taʼlim markazini shu vaqtga qadar 100 nafar talaba tugatgan boʻlsa, yana 200ga yaqin yigit va qizlar oʻzbek tili va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olishmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, oʻzbek va afgʻon xalqaro oʻrtasidagi munosabatlar uzoq tarixga ega boʻlib, milliy urf-odatlarimiz hamda anʼanalarimiz juda oʻxshash va mushtarakdir.
Mintaqada tashkil topgan Parfiya, Baqtriya, Kushon, Eftalitlar kabi buyuk davlatlar har ikki xalqqa birdek taalluqlidir. Xalqlarimiz birgalikda buyuk madaniyat yaratishgan. 10-asrda buyuk ajdodlarimiz tuzgan Gʻaznaviylar davlatining gullab yashnashiga mintaqadagi boshqa xalqlar kabi oʻzbeklar ham, afgʻonlar ham katta hissa qoʻshishgan.
Bundan tashqari ikki birodar va yondosh-qoʻshni xalqlarni qator buyuk shaxslar merosi, xususan, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Kamoliddin Behzod, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Rayhon Beruniy, Boborahim Mashrab singari buyuk ajdodlarimiz bogʻlab turadi.
Men oʻzbek millatiga mansub va 1972-1973-yillarda Afgʻoniston moliya vaziri, 1974-1978 va 1980-1987-yillarda savdo vaziri, 1977-1978-yillarda rejalashtirish vaziri boʻlib ishlagan Muhammad Xan Jalalar, 1969-71 yillarda Afgʻoniston adliya vaziri Abdul Satar Sirat nomini oʻqib cheksiz gʻururlanganman.
Surayyo Dalil xonim esa 2010-2014-yillarda sogʻliqni saqlash vazirligini muvaffaqiyatli boshqardi, keyinchalik Afgʻonistonning BMTning Jenevadagi boʻlinmalariga rahbarlik qildi.
Bu yerdagi oʻzbeklar yetakchisi, bir muddat Afgʻoniston birinchi vitse-prezidenti boʻlib ishlagan Abdurashid Doʻstimga esa yaqinda marshal unvonining berilgani ham har bir millatdoshimiz qalbiga katta mamnunlik yetkazgan edi.
Soʻnggi yillarda ikki xalq oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar yana-da jadal tus oldi va turli sohalarni qamrab oldi.
Biroq Afgʻonistonda ichki nizolarning hali-hanuz davom etayotganligi bu ikki xalq oʻrtasidagi munosabatlar ular xohlagan darajada va salohiyatlariga mos yuqori bosqichlarda quloch yoyishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Umid qilamizki, joriy yilning 12-sentyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida boshlangan afgʻonlararo tinchlik muzokaralari oʻzining ijobiy natijasini beradi, oʻzaro kurashayotgan tomonlar sulh kelishuviga erishadilar va jafokash afgʻon zaminida nihoyat osuda hayot oʻrnatiladi. Zero, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi ikki xalq oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.
Qodir JOʻRAYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi
Сегодня более 50 миллионов человек во всем мире говорят на узбекском языке.
Известно, что соседний с нами Афганистан – многонациональное государство с 33-миллионным населением и 14 национально-этническими группами. Самыми многочисленными этническими группами являются пуштуны (50% населения), таджики (23%), узбеки (11%) и хазарейцы (10%).
Поэтому узбекский язык официально признан государственным в Афганистане. Это закреплено в Основном законе 2004 года, Конституции Афганистана. Глава 1, статьи 4 и 16 Конституции предусматривает, что узбекский язык (наряду с дари и пушту) должен использоваться в качестве официального государственного языка в районах с большим узбекским населением в северных провинциях Афганистана.
В настоящее время узбекский язык и литература преподаются в 9 вузах Афганистана. Кроме того, в ряде школ преподают на узбекском языке. Некоторые телеканалы (Ойна ТВ, Батур ТВ, Миллий ТВ, Арзу ТВ) вещают на узбекском языке. Газеты и журналы также начали работать. Ряд поэтов и писателей эффективно работают на узбекском языке.
На сегодняшний день 100 студентов закончили Образовательный центр афганской молодежи в Термезе, еще около 200 юношей и девушек изучают узбекский и другие специальности.
Следует отметить, что узбекско-афганские международные отношения имеют давнюю историю, а наши национальные обычаи и традиции очень похожи и общи.
Образовавшиеся в регионе великие государства, такие как Парфия, Бактрия, Кушан, Эфталиты, в равной степени принадлежат обоим народам. Наши народы вместе создали великую культуру. Как и другие народы региона, и узбеки, и афганцы внесли большой вклад в процветание государства Газневидов, созданного нашими великими предками в Х веке.
Кроме того, наследие двух братьев и соседних народов связано наследием ряда великих личностей, в частности, наших великих предков Абдурахмона Джами, Алишера Навои, Лютфи, Камолиддина Бехзода, Хусейна Бойкаро, Захириддина Мухаммада Бабура, Абу Райхона Беруни, Боборахим Машраб.
Я Мухаммад Хан Джалалар, этнический узбек, который занимал пост министра финансов Афганистана с 1972 по 1973 год, министра торговли с 1974 по 1978 и 1980-1987 годы и министра планирования с 1977 по 1978 год, а Абдул Сатар Сират был министром юстиции Афганистана с 1969 по 1978 год. 71. Я очень горжусь тем, что прочитал это.
Г-жа Сурайо Далил успешно руководила Министерством здравоохранения с 2010 по 2014 год, а затем возглавляла Представительство ООН в Женеве, Афганистан.
Вождь узбеков здесь,Абдурашиду Достиму, некоторое время занимавшему пост первого вице-президента Афганистана, недавно было присвоено звание маршала.
В последние годы политические, экономические и культурно-гуманитарные связи между двумя народами активизировались и охватили широкий спектр направлений.
Однако сохранение внутренних конфликтов в Афганистане тормозит развитие отношений между двумя народами на том уровне, на котором они хотят и в меру своих возможностей.
Мы надеемся, что межафганские мирные переговоры, начавшиеся 12 сентября в Дохе, Катар, дадут положительные результаты, что противоборствующие стороны достигнут мирного соглашения и что на многострадальной афганской земле наконец воцарится мирная жизнь. Действительно, установление мира в Афганистане послужит прочной основой для дальнейшего развития широкого сотрудничества между двумя народами.
Кадир ДЖОРАЕВ,
депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса,
Является членом фракции СДП «Адолат».
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:49:51
Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon ochiladi? Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon ochiladi?
t-kontrakt.edu.uz Super-kontrakt ariza berish batafsil yo'riqnoma t-kontrakt.edu.uz Super-kontrakt ariza berish batafsil yo'riqnoma
8-aprel efirga uzatiladigan televizion darslar jadvali 8-aprel efirga uzatiladigan televizion darslar jadvali
Ustama olish uchun ko‘rik-tanlovlar ro‘yhati kengaytirildi Ustama olish uchun ko‘rik-tanlovlar ro‘yhati kengaytirildi
Omadli va omadsiz insonlar farqi Omadli va omadsiz insonlar farqi
AKT maktabiga kirish imtihonlari onlayn tarzda tashkil etildi AKT maktabiga kirish imtihonlari onlayn tarzda tashkil etildi
❗Maktablarda pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi ❗Maktablarda pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi
Prezident granti uchun da`vogarlik qiladigan abiturientlar ro`yxati e`lon qilindi Prezident granti uchun da`vogarlik qiladigan abiturientlar ro`yxati e`lon qilindi
Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo’shiqlar Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo’shiqlar
U koronavirus bo‘lmagandi, sog‘ bolamni o‘ldirib berishdi – Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-ona U koronavirus bo‘lmagandi, sog‘ bolamni o‘ldirib berishdi – Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-ona
Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat
Samarqand noni mashhurligi siri nimada? Samarqand noni mashhurligi siri nimada?
Barcha o’zbek ismlari ma’nosi (tahlili bilan) Ismingiz ma’nosini bilib oling Barcha o’zbek ismlari ma’nosi (tahlili bilan) Ismingiz ma’nosini bilib oling
O’qituvchilar qanday hujjatlarni yuritishi lozim? O’qituvchilar qanday hujjatlarni yuritishi lozim?
DTM Kirish imtihonlariga qancha mablag' sarflanadi? DTM Kirish imtihonlariga qancha mablag' sarflanadi?
Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari
Samandar Vohidov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Samandar Vohidov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Maktab farroshlari zimmasiga sinf xonalarni yig’ishtirish kirmaydimi? Maktab farroshlari zimmasiga sinf xonalarni yig’ishtirish kirmaydimi?
Amaliy fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish Amaliy fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish
Xalqaro islom akademiyasiga o’qishga qabul qilish tartibi Xalqaro islom akademiyasiga o’qishga qabul qilish tartibi