Taʼlim kelajakka qadamlar uchun birinchi kalitdir
Bugun yurtimizda ilm-fanga eʼtibor yuqori choʻqqiga chiqdi. Bu borada muhim farmonlar, qaror va davlat dasturlari qabul qilinmoqda. Zero, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Oʻzbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov aytganidek, “Har qanday millat taraqqiyotining uchta asosi boʻladi, Bular: isteʼdod, ilm va tajribadir. Agarda ular jamiyatda oʻz qadrini topmasa, ularning oʻrnini tanish-bilishchilik, jaholat va zoʻravonlik egallaydi. Bunday millatning esa, kelajagi boʻlmaydi”.
Prezidentimiz raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham ilm-fan va taʼlim va tarbiya masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgani hammamizga yaxshi maʼlum. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Farmon loyihasi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan ham atroflicha oʻrganib chiqildi.
Eʼtiborli jihati, mazkur hujjatning jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatidan kelib chiqqan holda muhokamalar partiya faollari, deputatlar bilan bir qatorda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda amalga oshirildi. Muhokamalarda qatnashganlar tomonidan ushbu farmon va undan oʻrin olgan bandlarning ahamiyati yuqori baholanib, bir qator fikrlar bildirildi.
Xususan, mazkur hujjatda Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining umumtaʼlim muassasasini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini kamaytirmagan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga berish taklif etilmoqda.
Bunda ishonchli boshqaruvchiga umumtaʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud oʻquvchilarini oʻqitish, ularni raqobatbardoshligini taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish
va umumtaʼlim muassasasining binolarini taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari yuklatiladi. Qolaversa, ishonchli boshqaruvchiga nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun umumtaʼlim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlari ajratilishi koʻzda tutilgan.
Nazarimda, bu taklif amalga oshishi uchun ishonchli boshqaruvchiga yana-da kengroq imkoniyatlar berish biz uchun yakkayu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir. Sababi, besh yil qisqa muddat va uni kamida 10 yil etib belgilash lozim. Bundan tashqari, faqat shu taʼlim muassasasini emas, balki hududdagi boshqa boʻsh binolarni ham ishonchli boshqaruvga berish orqali xususiy sektorning qiziqishini yana-da oshirish mumkin. Asosiysi, ijobiy natijaga erishish uchun mazkur ishonchli boshqaruv tizimini respublika hududlaridagi barcha tumanlarda joriy etish maqsadga muvofiq boʻladi.
Farmon loyihasining 6-bandi uchinchi xatboshisini quyidagi ikkinchi abzas bilan toʻldirish taklif etilmoqda: “Bitiruvchi kurs talabalari taʼlim olish davomida pedagogik kurslarga qoʻshimcha ravishda turdosh yoʻnalish boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida ham qatnashlari uchun imkoniyat yaratilsin”.
Bu qoʻshimcha bitiruvchilarga oʻqishni tugallaganidan soʻng turdosh yoʻnalish boʻyicha ham maktablarda dars berish imkonini beradi. Natijada hozirgi paytda maktablarda maʼlum bir fan boʻyicha dars soatlari vakant turgan bir paytda ishga kelayotgan bitiruvchi qayta tayyorlashdan oʻtmagunicha bunday dars berishga qoʻyilmasligi holatlarining bartaraf etilishga erishiladi. Eng muhimi, olis va chekka hududlardagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida mutaxassis pedagog kadrlar yetishmovchiligi muammosining maʼlum darajada yechilishiga qoʻshimcha asos yaratiladi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari mamlakatimizda xususiy taʼlim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish kerakligini taʼkidladi. Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi.
Albatta, bu oʻta muhim tashabbusdir. Endilikda ishonchli boshqaruvchiga nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun umumtaʼlim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlari ajratiladi. Binobarin, bugun taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xususiy sektorning salmogʻini kengaytirish, hududlarda nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish har qachongidan ham muhimroq.
OʼzLiDeP saylovoldi dasturida ham taʼlim-tarbiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Taʼlim toʻgʻrisidagi kodeksni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, mamlakatimiz xalq taʼlimi tizimiga rivojlangan davlatlar tajribalarini keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Partiya xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari va oʻrta taʼlim maktablari tarmogʻini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Videoselektor yigʻilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda joylardagi mahalliy kengash deputatlariga taʼlim tizimidagi oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazib, daxldorlik hissini oshirish, farmon qabul qilingach, ijrosini nazoratga olish vazifasi qoʻyildiki, endilikda xalq vakillari Prezidentimiz boshlab bergan juda keng qamrovli taʼlimga doir islohotlar, qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratining barcha taʼsirchan shakllaridan foydalanadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda albatta, tartib-intizom, rivojlanish boʻladi.
Xoʻsh, biz nima uchun bugun taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishga bu qadar qattiq bel bogʻladik? Boisi, shiddat bilan harakatlanayotgan hozirgi zamonaviy texnologiyalar asri bu borada oldimizga gʻoyat muhim va dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Zotan, qaysi sohani olmaylik, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib, biron-bir oʻzgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi Spikeri oʻrinbosari,
OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:10
2022 yildan ishga qabul qilishda diplom talab qilinmaydi 2022 yildan ishga qabul qilishda diplom talab qilinmaydi
1-sinflar uchun mantiqiy topshiriqlar to’plami 1-sinflar uchun mantiqiy topshiriqlar to’plami
Yuridik universitet magistraturasiga qabul boshlandi Yuridik universitet magistraturasiga qabul boshlandi
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili qanday boshlanadi? Oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili qanday boshlanadi?
23-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf) 23-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf)
Magistratura imtihon natijalari e’lon qilinmoqda (2020-2021) Magistratura imtihon natijalari e’lon qilinmoqda (2020-2021)
O’quvchilarga mustaqil ta’lim olish uchun topshiriqlar to’plami O’quvchilarga mustaqil ta’lim olish uchun topshiriqlar to’plami
Ortiqcha axborotni qanday yengish mumkin? Ortiqcha axborotni qanday yengish mumkin?
Rasmda birinchi bo’lib qaysi obyektga ko’zingiz tushdi? Rasmda birinchi bo’lib qaysi obyektga ko’zingiz tushdi?
Yusuf Shomansur hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Yusuf Shomansur hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
5-11-sinf Tarix ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 5-11-sinf Tarix ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Individual bo‘lish uchun nima qilish kerak? Individual bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Asad Dilmurod. Asad Dilmurod haqida : hayoti, asarlari, faoliyati Asad Dilmurod. Asad Dilmurod haqida : hayoti, asarlari, faoliyati
Internet firibgarlari qurbonlari soni ma'lum qilindi Internet firibgarlari qurbonlari soni ma'lum qilindi
Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi “Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi
Qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar Qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar
Tomas Eliot hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari Tomas Eliot hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari
Bir guruh o’qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi, ro’yhat Bir guruh o’qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi, ro’yhat
21-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali 21-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali