Sport pasporti nima va u qaysi tashkilot tomonidan beriladi?
Oʻzbekistonda 2015-yilning 4-sentyabrida “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq mamlakatimizda sportchilarning sport pasporti joriy etilgan.
Sport pasportini berish, yuritish, almashtirish, hisobga olish yagona tizimining amal qilish tartibini belgilab berish “Sport pasporti toʻgʻrisidagi Nizom”ga (Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-noyabrda 2949 raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) asosan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-yanvardagi 5924-sonli Farmoniga asosan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari sifatida sport pasportini berish orqali sportning maʼlum bir turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish belgilab qoʻyildi.
Sport pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, u sportchining biror bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi.
Nizomga muvofiq sport pasportini rasmiylashtirish, berish va hisobini yuritish hamda yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritish Turizm va sport vazirligining “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sport pasportidan:
sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishi;
sportchining sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatga olinishi;
sportchining tibbiy tekshiruvdan oʻtishi;
sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablarni bajarilishi;
shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda foydalaniladi.
Sport pasportini yuritish orqali Respublika sportchilarining yagona roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, ularning faoliyati va erishgan natijalarning doimiy monitoringi taʼminlanadi.
Shuningdek mazkur hujjatda sportchilarning sport razryadi, musobaqalardagi ishtiroki, sport tashkilotlariga aʼzoligi, tibbiy koʻrik natijalari, ularning murabbiylari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻrin oladi. Sportchilarning diskvalifikatsiya qilinishi, davlat va boshqa turdagi mukofotlar bilan ragʻbatlantirilishi boʻyicha mamlakatdagi barcha sportchilarning yagona elektron bazasi yaratiladi. Natijada sportchilarni saralash ishlari markazlashgan holda tizimli ravishda amalga oshiriladi va milliy terma jamoani sifatli sportchilar zaxirasi bilan taʼminlashga erishiladi.
Определение порядка выдачи, ведения, обмена и регистрации спортивного паспорта осуществляется в соответствии с «Положением о спортивных паспортах» (зарегистрировано Минюстом 22 ноября 2017 года под номером 2949).
Вместе с тем, в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему совершенствованию и популяризации физической культуры и спорта в Республике Узбекистан» от 24 января 2020 года № 5924 планируется создание единого база данных спортсменов, регулярно занимающихся определенными видами спорта и регулярно занимающихся спортом посредством выдачи паспортов.
Спортивный паспорт – уникальный документ, удостоверяющий принадлежность спортсмена к физкультурно-спортивной организации и его спортивную квалификацию.
В соответствии с положением государственное унитарное предприятие «Центр сертификации спортивно-туристских услуг» Министерства туризма и спорта осуществляет выдачу, выдачу и учет спортивных паспортов и внесение их в единую информационную систему.
Из спортивного паспорта:
перевод спортсмена из одной физкультурно-спортивной организации в другую;
регистрация спортсмена для участия в спортивных соревнованиях;
медицинский осмотр спортсмена;
выполнение спортсменом норм и требований, необходимых для получения спортивных званий и спортивных разрядов;
а также в иных случаях, предусмотренных законодательством.
Ведение спортивного паспорта обеспечивает единый порядок регистрации спортсменов республики, постоянный контроль за их деятельностью и достижениями.
В документе также содержится информация о спортивном разряде спортсменов, участии в соревнованиях, членстве в спортивных организациях, результатах медицинских осмотров, их тренерах. Для дисквалификации спортсменов и награждения их государственными и иными наградами будет создана единая электронная база данных всех спортсменов страны. В результате отбор спортсменов будет осуществляться централизованно и системно, а национальная сборная будет обеспечена резервом качественных спортсменов.
Источник: XS.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:13
O'zbekistonda mavjud sport inshootlari soni O'zbekistonda mavjud sport inshootlari soni
“Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea) “Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea)
Mustaqilligimizning 28 yilligiga maxsus dars ishlanma Mustaqilligimizning 28 yilligiga maxsus dars ishlanma
Vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm berilyaptimi? Vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm berilyaptimi?
Abituriyentlar professional ta’lim uchun ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin Abituriyentlar professional ta’lim uchun ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin
Geografiya fani nega qisqartirildi? Geografiya fani nega qisqartirildi?
2021 turdosh yo’nalishlar ro’yhati yuklab olish edu.uz dtm.uz 2021 turdosh yo’nalishlar ro’yhati yuklab olish edu.uz dtm.uz
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi? O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?
Yoʻldosh Sulaymon hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Yoʻldosh Sulaymon hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Ona tili va o‘qish savodxonligi materiallari XTV tomonidan yuboriladi Ona tili va o‘qish savodxonligi materiallari XTV tomonidan yuboriladi
Bolalar tarbiyasi uchun mashhur psixologdan ko'rsatmalar Bolalar tarbiyasi uchun mashhur psixologdan ko'rsatmalar
2022-2023 Kimyo fanidan ish rejalar WORD EXCEL 7-11-sinf 2022-2023 Kimyo fanidan ish rejalar WORD EXCEL 7-11-sinf
Maktablarda o’quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi Maktablarda o’quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi
O'smirlar bilan murosa qilishning 4 yo'li O'smirlar bilan murosa qilishning 4 yo'li
2021 fizika fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar 2021 fizika fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar
Dunyodagi eng qudratli qurolli kuchlarga ega davlatlar Dunyodagi eng qudratli qurolli kuchlarga ega davlatlar
O’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish ballari to’liq ro’yhat O’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish ballari to’liq ro’yhat
O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi
Taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul Taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul
Nodir Jonuzoq hayoti, faoliyati, asarlari, teleko’rsatuvlari Nodir Jonuzoq hayoti, faoliyati, asarlari, teleko’rsatuvlari