Taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yurtimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyotiga birlamchi eʼtibor qaratilayotganining yorqin namunasi boʻldi.
Aytish kerakki, Farmon bilan Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yana-da rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Unda taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul ekanligi alohida belgilandi. Bundan buyon oʻqituvchi maqomini oshirish, uning avvalgi obroʻ-eʼtiborini tiklash, taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash hokimliklar zimmasidagi asosiy vazifa sifatida belgilab qoʻyilgan boʻlsa, Xalq taʼlimi vazirligining maktablar mazmuniga javob berishi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi. Boshqacha aytganda, bundan buyon mahalliy rahbarlar ishiga paxta, gʻallaga qarab emas, taʼlim-tarbiya uchun yaratilgan shart-sharoitga, ilmli-maʼnaviyatli yoshlarga qarab baho beriladi.
Ushbu tarixiy Farmonga partiyamiz dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yondashadigan boʻlsak, unda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish alohida qayd etilgan. Yaʼni endilikda tajriba sifatida umumiy taʼlim muassasalarini keyinchalik kengaytirish huquqi bilan 5 yilga xususiy sektorning ishonchli boshqaruviga oʻtkazishi belgilandi. Oʻz navbatida, davlat byudjetidan taʼlim muassasalarini taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlar ham kamaytirilmaydi.
Koʻpchilik yurtdoshlarimizda maktablar maʼlum muddat tadbirkorlar boshqaruviga oʻtsa, pullik boʻladimi degan savol tugʻilishi mumkin. Farmonda xususiy mulkdor zimmasiga bolalar uchun bepul taʼlim berish, binolarni taʼmirlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash kabi majburiyatlar yuklangan. Bundan tashqari, boʻsh binolar va yerlar boshqaruvchiga sport yoki madaniyat muassasalarini tashkil etish uchun ajratiladi. Bu normalar pullik degan tushunchalarga oʻrin qoldirmaydi.
Eʼtiborga molik jihati, OʻzLiDeP Saylovoldi dasturidagi quyidagi vazifalar farmonda toʻla qamrab olindi. Xususan, partiyamiz dasturida maktabdan boshlab oliy taʼlim muassasalarida ham tadbirkorlik darslarini oʻtish, toʻgaraklar tashkil etish, jumladan, Tadbirkorlar akademiyasini, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish masalalari ilgari surilgan. Farmonda esa oʻquvchilarning maktab fanlari boʻyicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi korxonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda oʻtkazish belgilandi. Kengroq mushohada qilinsa, ushbu vazifaning amalga oshirilishi yoshlarning hayotda munosib oʻrin topishiga xizmat qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, farmonda qoʻyilgan vazifalar bolaning taʼlimdagi ilk qadamidan boshlab, kasb tanlashi, hayotga mustaqil qadam qoʻyishigacha boʻlgan davrda uzviylikni taʼminlashga qaratilgan desak toʻgʻri boʻladi.
Sir emas, bugun raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanyapti. Zamonaviy texnologiyalar kirmagan soha qolmadi hisob. Lekin, ushbu texnologiyalar oʻz-oʻzidan ishlamaydi. Ularniyam kimdir aql bilan harakatga keltirsagina foyda beradi. Aksincha boʻlsa, taraqqiyotning soat sayin yangilanib borayotgan kashfiyotlariga mahliyo boʻlib oʻtiraveramiz. Raqamli texnologiyalarni tilini topish uchun albatta puxta bilimga ega, salohiyatli yoshlar kerak.
Farmonda bu masalada ham muhim vazifalar belgilandi. Xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda taʼlimni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy taʼlimni yana-da rivojlantirish, taʼlim oluvchilar oʻrtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish shular jumlasidandir. Bundan koʻzlangan maqsad nima? Ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirishdan iborat. Zero, Uchinchi Renessans poydevorini zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, salohiyatli yoshlar quradi.
Umuman olganda, taʼlim tizimini rivojlantirish bir kishining ishi emas. Shunday ekan davlat rahbarining Farmonida belgilangan hayotiy vazifalar ijrosini birgalikda bajarish kim va qaysi sohada ishlashimizdan qatʼi nazar har birimizning insoniy burchimizdir.
Shahnoza XOLMAXAMATOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:26
Maktablar ochilyapti, endi onlayn maktab loyihasi to’xtatiladimi? Maktablar ochilyapti, endi onlayn maktab loyihasi to’xtatiladimi?
Rauf Parfi haqida:, hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Rauf Parfi haqida:, hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
“Bugun saylov” mavzusida dars ishlanma “Bugun saylov” mavzusida dars ishlanma
Siz hayotda nimani izlayapsiz so’rovnomasi Siz hayotda nimani izlayapsiz so’rovnomasi
Kampyuter klaviaturasi Klaviatura haqida to‘liq ma’lumot Kampyuter klaviaturasi Klaviatura haqida to‘liq ma’lumot
Dunyo madhiyalari tarixi, Madhiya tarixiga nazar Dunyo madhiyalari tarixi, Madhiya tarixiga nazar
Yuridik texnikumlarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi (2020-2021) Yuridik texnikumlarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi (2020-2021)
Yangi ustama 823-sonli qaror bo’yicha mulohazalar Yangi ustama 823-sonli qaror bo’yicha mulohazalar
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam beriladi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam beriladi
Asteroidlar qanchalik xavfli? Asteroidlar qanchalik xavfli?
Dunyo sirlari, hanuzgacha aniqlanmagan sirlar Dunyo sirlari, hanuzgacha aniqlanmagan sirlar
2022-yil mustaqillik bayrami shiori 2022-yil mustaqillik bayrami shiori
O’tish ballari 2020. DTM o’tish ballari barcha fanlar O’tish ballari 2020. DTM o’tish ballari barcha fanlar
Dunyodagi eng zamonaviy kutubxonlar haqida Dunyodagi eng zamonaviy kutubxonlar haqida
Rus tili electron darsliklar, rus tili kitoblari Rus tili electron darsliklar, rus tili kitoblari
DTM kirish imtihoni vaqtidagi xaridlari yuzasidan ma’lumot berdi DTM kirish imtihoni vaqtidagi xaridlari yuzasidan ma’lumot berdi
Qardosh tillar fanidan imtihon biletlari 7-9-11-sinf Qardosh tillar fanidan imtihon biletlari 7-9-11-sinf
Xotin-qizlar uchun kvotalar 2022 ajratilgan taqsimoti Xotin-qizlar uchun kvotalar 2022 ajratilgan taqsimoti
Keyingi o’quv yilidan maktab bitiruv imtihonlari OTM imtihonlari bilan birlashtirilishi mumkin Keyingi o’quv yilidan maktab bitiruv imtihonlari OTM imtihonlari bilan birlashtirilishi mumkin
Koronavirus vaksinasini qabul qilish ro‘zani buzadimi? Koronavirus vaksinasini qabul qilish ro‘zani buzadimi?