Konlar ratsional ishlanishining kompleks masalalarini yechishda qatlam va quduqlarning gidrodinamik tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gidrodinamik tadqiqotlar ma`lumotlariga ko`ra gazkondensat qatlamlarining statsionar va nostatsionar filtratsion xususiyatlari aniqlanishining haqiqiyligi ishlatish geologo-gidrodinamik model qurilishi, ishlatish loyihasi va ishlatish nazoratining samaradorliklari natijalarida aks etadi.