Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo`g`irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o`rni katta. Ayniqsa, qo`g`irchoq teatri maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida qaralayotganligi bugungi kunda ko`pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon emas.