O`zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishganidan so`ng vatanimiz tarixini obyektiv va xolisona tadqiq qilish, tarixiy haqiqatni xalqimizga yetkazish yo`lida ulkan ishlar amalga oshirildi. Sho`ro davri tarixini yangidan tadqiq qilish, o`sha davr tarixiy adabiyotlarida tanqidiy nuqtai nazaridan yondashib ish ko`rilishi barobarida samarali yutuqlarga erishilganligi sir emas.