Ishda zilzilaning differensial xarakterini ifodolovchi model qaralgan. Bizga ma`lumki muhitda tarqalayotgan zilzilaning kuchi Lame koeffitsiyentlariga bog`liq bo`ladi. Biz ko`rib chiqqan holda bu koeffisiyentlar o`zgarmas bo`lib, uning uchun eykonal tenglamalarining yechimlari tekislikda va fazoda keltirib o`tiladi. To`lqin tarqalish tenglamasini yechimini olishda foydalaniladigan funksiyani eykonal tenglamalariga keltirib, uning uchun Gamilton – Yakobi nazariyasidan foydalanib fuksionalni ekstremumga tekshirishga olib kelish va uni chiziqni oshkor ko`rinishini olish.