Neft va gaz sanoati - halq hо`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bо`lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy potensialini belgilaydigan sohalardan biridir. Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishi yо`lida hozirgi zamon neft va gaz sanoati qisqa muddatlarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, neft va gaz mahsulotlariga о`z ehtiyojlarimizni ta’minlash bilan bir qatorda ularni qayta ishlash natijasida turli xildagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlar olish, hamda olingan mahsulotlarni chet ellarga sotish amalga oshirilmoqda.