Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyvning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish — ustuvor vazifalar" to`g`risidagi ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo`yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to`g`risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo`yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to`g`risidagi fikrlarni o`z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha bir qator masalalar to`g`risidagi vazifalar ham belgilab berilgan