Matbuot va axborot vositalarini to’rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etish, huquqiy davlat oyoqqa turishining muhim shartlaridan biri ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Modomiki O’zbekiston erkin, ochiq huquqiy demokratik davlat qurishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan, bu shartlarni bajarishi kerak. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlari ham mazkur mezonlardan kelib chiqib yaratilgan.