Dissertatsiya ishining asosiy maqsadi O`zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitiga fotoelektrik batareyalarning (FEB) samaradorligini oshirish usullariga bag`ishlangan. FEBni majburiy sovitish qurilmalari bo`lgan ventilyatorlar yordamida ikki xil usulda sovitildi. Natijada fotoelektrik batareya quvvati majburiy sovitish oqimiga chiziqli bog`liqligi aniqlandi va FEBning quvvati 38,0 % ga oshdi.