O`quv-uslubiy qo`llanmada tajribaviy o`lchashlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarida qo`llaniluvchi raqamli qurilmalar bayoni keltirilgan hamda ushbu qurilmalarning ishlash prinsipini o`rganish uchun mo`ljallangan laboratoriya ishlarining ko`rsatma va vazifalari berilgan. Qo`llanma o`z ichiga bazaviy mantiqiy elementlar, KAMAK avtomatlashtirilgan o`lchov standarti sistemasi moduli va uning kompyuter bilan bog`lanish prinsipini o`rganishni olgan.
Mazkur uslubiy qo`llanma oliy ta’lim muassasalarida bakalavr va magistrlar tayyorlashda raqamli elektronika va tajribalarni avtomatlashtirish o`quv kurslaridan laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishda foydalanishga mo`ljallangan.