Prezident I.A.Karimovning “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy
o`zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini
izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l
ochib berish – ustuvor vazifalar” to`g`risidagi ma’ruzasida 2011-2016
yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy – texnik bazasini modernizatsiya qilish
dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo`yicha katta ishlarini
amalga oshirilganligi to`g`risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo`yicha sifatli
kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar
meyorlariga javob beraolishligi to`g`risidagi fikrlarni o`z ma’ruzasida keltirdi.
2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga
bag`ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha bir qator
masalalar to`g`risidagi vazifalar ham belgilab berildi