Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalarning o`rni va roli g`oyat sezilarli bo`lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko`rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O`zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo`llari shakllanmoqda.