Turizm industriyasi mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o`rin tutadi. Hozirgi kunda jahonda band bo`lgan aholining har o`n beshinchisi mehmonxona yoki turizm biznesi sohasida banddir. Butun dunyo yalpi milliy mahsulotining 10 %i, jahon iste’mol harajatlarining 11 %i turizm sohasiga to`g`ri keladi. Butun dunyo bo`yicha turistik sayohatlar miqdori 950 millionga yaqinlashib qoldi.