ANNOTATSIYA
Rossiya imperiyasi istilosi bilan bog`liq bo`lgan XIX asr oxiri – XX asr boshlari Vatanimiz tarixini o`rganishda alohida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda faqat siyosiy emas, balki o`lka hayotining barcha sohalarida katta o`zgarishlar ro`y bergan. Shunday o`zgarishlardan biri qishloq xo`jaligidir.
To`xtaboev Rustamning “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda qishloq xo`jaligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida qishloq xo`jaligi bilan bog`liq o`zgarishlar: qonuniy asoslarning yaratilishi, yangiliklarning joriy etilishi, shu jumladan soliq va majburiyatlar bilan bog`liq masalalar haqida ma’lumotlar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida Turkistonda xo`jalikning asosiy turlari bo`lgan dehqonchilik va chorvachilik masalasi yoritilgan. Bu sohadagi ishlar tarixiy adabiyotlar asosida taxlil qilingan va xulosalar berilgan.