"Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash – rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng
maqbo’lini tanlab olish demakdir. O’zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va moderinazatsiyalash sharoitida strategiyani to’g’ri tanlash xar bir korxona, firma, kompaniya uchun dolzarb masaladir."