Neft mustaqilligiga erishishga qaratilgan davlat siyosati tufayli mamlakatimiz nafaqat tabiiy gaz qazib chiqarish bo`yicha dunyoda sakkizinchi o`ringa chiqishga, balki gazni qayta ishlash masalalarida eng muhim sheriklardan biriga aylanishga muvaffaq bo`ldi. Bu esa investitsion hamkorlik va, demakki, mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi istiqbollari tubdan yangi pog`onaga ko`tarilganidan dalolatdir.