Ushbu dissertatsiya ishida neft moylarini tozalaganda hosil bo’ladigan fenolli ekstraktlarning tarkibi, xossalari tekshirildi vabatafsil tavsif berildi.Shu bilan birga dinamik sharoitlarda tanlangan sorbentlar sig’imini aniqlash asosida murakkab, qiyin ajraladigan ko’p komponentli sistemalarni ajratish va tahlil qilish mumkinligi to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi,adsorbentlarni qo’llaganda hosil bo’ladigan fenolli ekstraklarning komponentli tarkibini aniqlandi Moyli fraksiyalarni tozalash uchun selektiv erituvchilarni qo’llash tamoyili berilgan harorat sharoitida uglevodorodlar va boshqa birikmalarning ayrim erituvchilarga eruvchanligi turlicha aniqlandi.