ITU- turli mamlakatlar telekommunikatsiya tarmoqlarining o`zaro aloqasini ta`minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadigan eng qadimgi xalqaro tashkilot. Rasmiy ravishda, ushbu tavsiyalar standartlar deb hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan, mamlakatlarning aksariyati ITU tavsiyalarini standart sifatida qabul qilishadi. Bunday amaliyot elektraloqa tarmoqlari operatorlariga iqtisodiy samarali telekommunikatsion tizimlar bilan ta’minlashga, qurilmani ishlab chiqaruvchilarga esa milliy standartlarga yoki har qanday muhim qarorlar qabul qilishga moslashtirishgan holda boshqa davlat bozorlarida uni sotishga imkon beradi.