Respublikamiz mustaqillikka erishgach, rivojlanishning o`ziga xos va mos yo`nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o`rin tutishini o`z vaqtida to`g`ri anglanganligi natijasida investitsiyalarga bo`lgan e`tiborining kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsion faoliyatning rivojlantirilishiga olib keldi.