Bugun o’zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o’rganish, uning mantiqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko’tarish hayotimizning tarkibiy qismiga aylandi. Ona tilimizning ravnaqi davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi tilshunosligimiz oldiga yuksak vazifalarni qo’ydi. Hozirda o’zbek tilshunosligi sezilarli darajada muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Olmoshlarning badiiy mantlardagi xususiyatlari alohida o’rganilishi lozimligi tanlangan mavzu dolzarbligini belgilaydi.