İstiqlol yillaridagi bir qator tadqiqotlarda, jadid ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalardagi faoliyatlarining ayrim jihatlari qisman yoritib berilgan. Jadidlarning ta’lim tizimiga oid qarashlari hozirga qadar alohida tadqiqot obyekti sifatida o`rganilmagan. Shu boisdan ham mavzuga oid adabiyotlar tahlili, kam o`rganilgan muammolarni aniqlash va ularni yoritishga yangicha yondashishga harakat qildik.