Xalqni ma’naviy jihatdan yuksaltirish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish o`zbek xalqining doimiy orzusi bo`lib kelgan va bu orzu-intilish va harakatlar muntazam ravishda bo`lib turgan. Ayniqsa istiqlol davri milliy mustaqillik mafkurasi yangi avlod ma’naviy kamolotini juda-juda taqozo etadi. Shuning uchun ham biz o`z malakaviy ishimiz uchun milliy adabiy merosimizning muhim bir qirrasi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybekning ijodini, xususan, shoirlik mahorati sirlarini o`rganishni niyat qildik.