Uch o’lchovli modellashtirish, animatsiyalar yaratish va vizuallashtirishda 3D Studio Max dasturi dasturiy ta’minotlar bozorining etakchisi hisoblanadi.
3D Studio MAX dasturining yangi versiyalari yanada takomillastirilgan imko-niyatlarni taqdim etadi, qaysikim uch o’lchovli modellar va animatsiyalar yaratuv-chilarning o’sib kelayotgan ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. 3D Studio MAX ochiq arxitekturasi animatorlarga 100 dan ortiq qo’shilgan ilovalaridan oson va tezkor foydalanish imkoniyatlarini beradi. Ularda 3D Studio MAX SDK yorda-mida hatto o`z dastur modul-ilovalaringizni yaratishingiz va shu orqali ularning ijod uchun original ko`rinishga ega bo`lishini ta’minlash mumkin.
Uch o’lchovli grafika 3D Studio Max dasturi quyidagi sohalarda keng qo’lla-nilisi mumkin:
- arxitektura-loyihalash ishlarida;
- televideniya uchun reklama va ilmiy-ommaviy roliklarni tayyorlashda;
- kompyuterli multfilmlar va badiiy animatsiyalarda(maxsus effektlar, fantastic
hayvonlar va boshqalarda)
- kompyuter o’yinlarida;
- kompyuter grafikasi va Web-дизайнda.
Mazkur uslubiy ko’rsatma talabalarning «Informatika va axborot texnolo-giyalari» fanidan «3D Studio MAX dasturida ishlash» mavzusida amaliy mashg’ulotlarni bajarishlari uchun mo’ljallangan. Kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik tizimi muhitidan iborat bo`lgan 3D Studio MAX dasturidan foydalanishning boshlang’ich uslubi taklif etilgan.
Uslubiy ko’rsatma institutning barcha ta’lim yunalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.