Issiqlik almashinish qurilmalari xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni isitish va sovutishda ishlatiladi. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash korxonalarida issiqlik almashinish apparatlari umumiy qurilmalarning 50 % ini tashkil qiladi. Neftni qayta ishlash korxonalarida issiqlik almashinish uskunalariga umumiy metall sarfining 30 % i to’g’ri keladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko’ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo’linadi.