Mazkur risolada Qarshi davlat universiteti Biologiya kafedrasi qoshida tuzilgan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi atrofida tarqalgan termitlarni monitoring qilish hamda ularga qarshi kurash bо`yicha zamonaviy texnologiyani qо`llash” innovatsion ishchi guruh tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlar natijalari hamda respublikamiz uy-joy binolariga va qurilish inshootlariga katta zarar yetkazayotgan termitlarning yer yuzida tarqalgan turlari, ularning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Risoladan entomologlar, biologlar, qurilish va kommunal xo`jalik mutaxassislari hamda fuqarolar foydalanishi mumkin.