Raqs san`atining boshqa turlari kabi, inson hayotini va butun olamni o`rganishning badiiy usuli hisoblanadi. Turmush jarayonlarini o`rganadigan fanlar tushunchalar vositasida, y`ani mavhum xulosalar bilan "fikrlaydi". San`at turmush jarayonlarini o`rganar ekan, ularni fazoviy va badiiy umumlashtirilgan obrazda tasavvur qiladi.