Qo`llanmada Ovro`po teatrining antik davrdan XX asrgacha bo`lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan. Unda qadimgi yunon fojinavislaridan boshlab keyingi davrlar Ovro`po teatri rivojida muhim o`rin tutgan dramaturglar, aktyor va rejissorlar ijodi, turlicha badiiy uslublar, ijodiy maktablar va ularning o`ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan.