Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, ta`limda yangi masofaviy ta`lim yo`nalishining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Hozirgi kunda Respublikamiz ta`lim muassasalarida masofaviy ta`lim joriy ishiga katta e`tibor berilmoqda. Shu bilan birga fan – texnika taraqqiyoti bilimlar, ko`nikma, malaka tarkibining o`zgarishi hamda hajmining uzluksiz ravishda ortib borishi bugungi kun mutaxassislariga jiddiy talablar qo`yish bilan xarakterlanmoqda. Bugungi kunda masofadan o`qitish tizimlarida axborotlarni uzatish va namoyish etish yuqori sifatda tashkil etilgan.