Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo`yib, shu diskdan yuklanishni CMOSda ko`rsatib o`tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk yuklansin. Odatda disk avtomatik ravishda o`qiladi(ko`p hollarda). Ba`zan ayrim kompyuterlar ishga tushirilganda CMOS muhitiga o`tib sozlashlarni amalga oshirish uchun F2 yoki DELETE tugmasi bosib turiladi. Sozlashlar amalga oshirilgach F10 tugmasi orqali o’zgartirishlar saqlanadi. Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.