Bizga ma`lumki, bozor iqtisodiyo¬ti sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish va korxonalarning xo`jalik faoliyatini tahlil qilish natijasida olingan ma`lumotlarga tayanib, bu vazifalarni bajarish borasida korxonalarning ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini chuqur va munta¬zam tarzda tahlil qilib borish zaruriyati tug’iladi.