«Dinshunoslik» kursi oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichiga mo’ljallangan. Kursning asosiy vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, yoshlarda diniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan iborat.