Populyatsiyaning asosiy о`lchov birligi bu uning miqdoridir. Populyatsiyaning miqdori bu bir joydagi tur vakillarining umumiy soni bо`lib, u doimiy emas, organizmning kо`payishi, о`lishi jarayonida о`zgarib turadi. Populyatsiyaning zichligi bu ma’lum maydon yoki hajmda uchraydigan tur vakillarining miqdori yoki biomassasidir.