Aholi sonining o’sishi, joylanishi va boshqa demografik ko’rsatkichlari respublikamiz hududlarida turlicha xarakterga ega. Bu esa ushbu jarayonlarning ayni vaqtda geografik xususiyatlaridan dalolat beradi. Shu jihatdan qaraganda Samarqand viloyati o’ziga xos geodemografik vaziyatga ega. Respublika aholisi singari Samarqand viloyat aholisi ham tabiiy ko’payish hisobiga o’smoqda