Yer maydonlarini to`liq inventarizatsiyadan o`tkazish va fermer xo`jaliklari faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo`yicha keng ko`lamli, shu bilan birga, puxta o`ylangan ishlar amalga oshirildi. Bunda fermer xo`jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga olindi.