Buxoro xonligidagi ichki kurashlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi sababli u XVIII asr boshlarida ikkiga bo`linib ketdi. Ashtarxoniylar hukmronligining zaifla¬shuvi oqibatida Farg`ona vodiysiga uning shimolida tashkil topgan Jung`orlar davlati tez-tez bostirib kiradigan, talon-taroj qiladigan bo`lib qoldi. Bunday vaziyat Farg`onadagi ichki kuchlarning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini kuchaytirdi.